
Erkin kurashchi faoliyatini yakunlaguniga qadar aralash yakkakurashlar bo'yicha bitta jang o'tkazish istagida ekanini aytgan.
"Faoliyatimni yakunlashdan oldin MMA'da bitta jang o'tkazishni istayman. Faqat bitta!", - deb yozadi Barrouz ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Barrouz tarixdagi eng ko'p mukofotlangan amerikalik kurashchilardan biridir. Jahon chempionatlari va Olimpiya o'yinlarida u o'tkazilgan 37 ta bellashuvining 33 tasida g'alaba qozongan.