
Pekin Olimpiadasi chempioni Baxit Sarsekbaev jahon chempionatining -71 kg vazn toifasidagi Arslanbek SHimbergenov – SHahram G'iyosov jangida raqiblarning imkoniyatlarini baholadi.
"G'iyosov ham SHimbergenov kabi prof boksdan qaytdi. SHimbergenov yaxshi formada bo'lgan taqdirda ham, hech bo'lmaganida Qozog'iston chempionatida ishtirok etishi kerak edi. Bokschimizda g'alaba qozonish uchun yaxshi imkoniyat mavjud. Umuman olganda, jahon chempionati uchun tarkib tanlash mezonlari men uchun tushunarsiz - Qozog'istonning bazi chempionlari uyda qolishdi, ular ketishmadi», - deya hayron bo'lgan Olimpiada chempioni.