SportUz.Net
iks
ads

Bob Arum: Fyuri bilan faqat Usik raqobatlasha oladi

28.10.2021 15:20    


Rasmni yuklab olish

Bob Arum dunyoning eng yaxshi og'ir vazn toifasidagi vakili haqidagi savolga javob berar ekan, Tayson Fyuri va Aleksandr Usik o'rtasidagi ehtimoliy jangni tilga oldi.

«Siz har kimdan dunyoning eng kuchli og'ir vazn toifasi haqida so'rashingiz mumkin va ko'pincha Fyuri ismini aytadi, lekin men do'stim Usik haqida yomon gapirmoqchi emasman. Aleksandr ushbu vaznda Tayson bilan raqobatlasha oladigan yagona bokschi. Umid qilamanki, bu jang 2022 yilda bo'lib o'tadi. Joshuani hurmat qilgan holda, Usik bilan revansh jangida Entonining imkoniyatlari ko'p deb o'ylamayman», — deya Arumning so'zlaridan iqtibos keltiradi Sky Sports.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: