
Qo'lqopsiz janglar o'tkaziladigan Bare Knuckle Fighting Championship promousheni prezidenti Devid Feldman Peyj Vanzant tez orada ushbu tashkilotdagi so'nggi jangini o'tkazishini malum qildi.
"Biz Vanzant bilan muzokaralar olib bormoqdamiz va 2022 yil boshida uning so'nggi jangini o'tkazamiz. Ikki marta mag'lub bo'lish unga yomon tasir qildi. Ammo, Vanzant o'z ishiga yana mehr bilan yondoshaveradi. Keyingi hafta barchasi aniq bo'ladi", -deydi Feldman.
Eslatib o'tamiz, Vanzant o'zining so'nggi jangida Reychel Ostovichga mag'lub bo'lgandi.