SportUz.Net
iks
ads

"Emelyanenko - haqiqiy mo'jiza". Daniel Korme Fyodor haqidagi gaplarini izohladi

26.10.2021 19:40    


Rasmni yuklab olish

Ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni Daniel Korme Fyodor Emelyanenko haqidagi o'zining tanqidiy gaplarini izohladi.

Avvalroq, Daniel Korme Fyodor 2009-2011 yillarda ko'pi bilan UFC'ning o'rtacha jangchisi bo'lishi mumkinligini aytgandi.

"Do'stlar, men bazi narsalarni tushuntirib berishim lozim. Men Fyodorni juda yoqtiraman. Ammo, fikrimcha u 2009-2012 yillarda UFC'dagi dominant jangchi bo'lishi qiyin edi.

Nega juda qo'p insonlar bu fikrimga yomon munosabat bildirishayotganiga tushunmayapman. Fyodor o'sha yillarda bu qadar foydali emasligi - bu fakt. U har safar oktagonga chiqqanida men Fyodorga muxlislik qilaman. Emelyanenko - haqiqiy mo'jiza", -deydi Daniel Korme.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: