Uning o'rniga endi Qudratillo (17-0, 9 KO) aprel oyida boshqa raqibga qarshi jang qiladi. Bu haqida bokschimiz Instagramdagi sahifasida malumot berdi.
"Assalomu alaykum barchaga aziz yurtdoshlar, bizni qo'llab-quvvatlab kelayotgan muxlislarimiz. 13 mart kungi jangim raqibim tibbiy ko'rikdan o'ta olmagani sababli bekor qilindi.
Jangga oz vaqt - 10 kun qolgandi. SHu sababli xech qaysi bokschi o'sha kuni jang qilishga rozi bo'lmadi. Xudo xohlasa navbatdagi raqibim kanadalik Kodi Krovli bo'ladi", - deb xabar qoldirdi bokschimiz.
Malumot uchun, Krovli shu kungacha 19 ta jang o'tkazib, ularning barchasida raqiblarini mag'lub etgan. 9 ta jangda raqiblarini nokautga uchratgan.
Taqqoslash uchun, Qudratillo ayni paytda IBF reytingida birinchi o'rinni egallab turibdi. Krovli esa WBA reytingida 9-o'rinni band etgan.
SHohasan Mirzamatovning navbatdagi raqibi va jang sanasi malum bo'ldi. Raqib - eski tanish