SportUz.Net
iks
ads

UFC AQSHda faqat emlangan jangchilarga ruxsat berilishini malum qildi. Sputnik V mumkin emas

25.10.2021 15:00    


Rasmni yuklab olish

UFC xalqaro jangchilarning AQSHga kirishi uchun emlash talablarini elon qildi.

UFC xalqaro jangchilarga, agar ular 8 noyabr kunigacha to'liq emlanmasa, AQSHga kiritilmasligini malum qildi.

«Qo'shma SHtatlarga uchayotgan chet el fuqarolari AQSHga uchish uchun to'liq emlangan bo'lishi kerak va emlash holatini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etishlari shart. To'liq emlanganlar, uchishdan uch kun oldin manfiy COVID-19 testini topshirishlari kerak bo'ladi. Bu siyosat Kanada va Meksika bilan quruqlik chegaralarini kesib o'tgan yoki AQSHga yo'lovchi paromi bilan kelgan chet el fuqarolariga ham tegishli. Jangchilar JSST tomonidan tasdiqlangan ettita vakcinadan biri bilan emlanganligini isbotlashlari talab etiladi. SHuningdek, ular safardan keyingi 72 soat ichida COVID-19 testining salbiy natijasini berishlari kerak bo'ladi»,- deya UFC bayonotidan iqtibos keltiradi.

Yana bir malumot, Rossiyaning Sputnik V vakcinasi JSST tomonidan tasdiqlanganlar ro'yxatiga kiritilmagan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: