
U italiyalik Marvin Vettoriga ochkolar hisobiga ko'ra imkoniyatni boy bergandi. Vaholanki, jangda Paulo Kosta raqibidan 5 kilogrammga og'irroq edi. Bu malumotni UFC prezidenti Dana Uayt ham tasdiqladi.
"Jang kuni Vettori 208 funt (94.3 kg), Kosta esa 220 funt (99.8 kg) vaznga ega edi. Tafovut bu darajaga etgan paytda qarorni biz chiqaramiz. Paulo Kosta endi yarimog'ir vazn toifasida oktagonga chiqadi", - dedi Uayt.
SHuningdek, UFC rahbari vazn tafovutiga qaramay, jangni saqlab qolgan Marvin Vettoriga o'z minnatdorchiligini bildirdi.
