SportUz.Net
iks
ads

Usman Nurmagomedov: Og'alar, endi sizning navbatingiz, uyaltirib qo'ymang!

25.10.2021 11:00    


Rasmni yuklab olish

Rossiyalik Bellator jangchisi Usman Nurmagomedov o'zining "Instagram"dagi sahifasiga yangi post joyladi.

U Moskvada o'tgan Bellator 269 turniri doirasida finlyandiyalik Patrik Pietillani birinchi raundning o'zida bo'g'ish usuli bilan mag'lubiyatga uchratgan edi.  

"Jamoamiz uchun yaxshi oqshom bo'ldi. Qo'llab-quvvatlagan barchaga rahmat. Endi sizning navbatingiz, akalar uyaltirib qo'ymang", — deya surat ostida xabar qoldirgan Nurmagomedov. Usman ushbu xabarda Islam Maxachev, Tagir Ulanbekov, Zubayra Tuxugov, Imamshafi Aliev va Amr Magomedovni belgilagan.

Eslatib o'tamiz, nomlari tilga olingan yakkakurash ustalari 30 oktyabr kuni UFC 267 turnirida oktagonga ko'tarilishadi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: