SportUz.Net
iks
ads

Boks bo'yicha Jahon chempionatiga qura tashlandi

24.10.2021 22:20    


Rasmni yuklab olish

Ertaga Serbiyada boks bo'yicha jahon chempionati boshlanadi.

Hozirgina musobaqaga qura tashlash marosimi bo'lib o'tdi. Qura Rio-2016 Olimpiadasi chempioni Hasanboy Do'smatov uchun omadsiz keldi. U ilk davradayoq Tokio Olimpiadasi sovrindori qozog'istonlik Saken Bibosinovga qarshi ringga ko'tariladigan bo'ldi. G'alaba qozongan taqdirda Hasanboyni keyingi bosqichda qirg'izistonlik Usenaliev yoka hindistonlik Dipak qarshi oladi.   

Qura natijalari:

-48 kg. Nodirjon Mirzahmedov - R.Neysbitt (Irlandiya)

-51 kg. Hasanboy Do'smatov - Saken Bibosinov (Qozog'iston)

-54 kg. SHahobiddin Zoirov - T.Galanov (Serbiya)

-57 kg. Mirazizbek Mirzaxalilov - Xarvi (AQSH) / Usturoi (Belgiya)

-60 kg. Abdumalik Xalakov - Roselie (Seyshel orollari) / Liama (Makedoniya) 

-63,5 kg. Mujibullo Tursunov - Z.Tashiev (Qirg'iziston) / T.Imanaga (Yaponiya)

-67 kg. Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev - E.Makkiver (Irlandiya)

-71 kg. SHahram G'iyosov - Aslanbek SHimberganov (Qozog'iston) / Atashgax Moradi (Eron)

-75 kg. Saidjamshid Jafarov - L.Ferneza (Slovakiya)

-80 kg. Odiljon Aslonov - E.CHangalavey (Tanzaniya)

-86 kg. SHohjahon Abdullaev - V.SHelstrayte (Belgiya)

-92 kg. Madiyar Saidrahimov - Vasike (Keniya) / Smiaxukau (Belarus) 

+92 kg. Lazizbek Mullojonov - Amiri (Eron)



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: