
Oqshomning asosiy kardidan o'rin olgan janglarning birida rossiyalik taniqli yakkakurash ustasi Vitaliy Minakov Said Sovmaga qarshi oktagonga ko'tarildi.
Minakov jangni to'liq nazorati ostida o'tkazayotgandi. Lekin kutilmaganda uchinchi raundda jiddiy jarohat oldi. Vitaliyning barmog'i singan edi. Hakamlar bu vaziyatda jangni to'xtatishga va texnik nokaut sifatida g'alabani Saidga berishga majbur bo'lishdi. Bu Minakovning faoliyatidagi ikkinchi mag'lubiyati bo'ldi.







