SportUz.Net
iks
ads

Olimjon Nazarov Seuda WBO kamarini himoya qildi

23.10.2021 12:40    


Rasmni yuklab olish

Ayni daqiqalarda Janubiy Koreaning Seul shahrida "Cocybuffalo Promoutions" kompaniyasi tomonidan professional boks kechasi tashkil etilmoqda.

Oqshomning anderkard jangida hamyurtimiz Olimjon Nazarov (31-26-5, 14 KO) WBO Oriental kamarini himoya qildi. Uning raqibi filippinlik Maykl Mendoza (14-12-1-1, 4 KO) bo'ldi. O'n ikki raund to'liq davom etgan jang yakunida hakamlar bir ovozdan 115:113 hisobidagi g'alabani Nazarovga taqdim etishdi. 

Malumot uchun, Olimjon Nazarov ayni paytda WBO reytingida 3-o'rinni egallab turibdi. Birozdan so'ng kechaning markaziy to'qnashuvi ayollar o'rtasida bo'lib o'tadi. Unda kunchiqar yurt vakilasi Etsuko Tada (26-20-3-3, 7 KO) o'ziga tegishli WBO kamarini vetnamlik Txu Nxi Nguyandan himoya qiladi. Ushbu jang 10 raundga mo'ljallangan. Vetnamlik davogar bokschi bo'lajak jangga tayyorgarlikni Toshkentda o'tkazgan edi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: