
Amerikalikning qayd etishicha, Lomechenko hozirda engil vaznda tengsiz.
"Lomachenkoga kerakli etibor berilmayapti. Hamma uni mag'lub qilsa bo'ladi deb o'ylayapti. Ammo, men u Nakatanini ettinchi raundda nokaut qiladi degandim, u buni uddaladi.
Engil vaznda Lomachenkodan kuchli bokschi yo'q. Bu yigit Devin Xeynini ham, Jervonta Devisni ham yanchib tashlaydi. Agarda raqiblar ikki-uch yil kutishadigan bo'lsa, unda Lomachenkoni mag'lub qilsa bo'ladi. Ungacha esa buning iloji deyarli yo'q", - deydi katta Lopes.
Eslatib o'tamiz, Lomachenko keyingi jangini 11 dekabr kuni Richard Kommiga qarshi o'tkazadi.