
SHohjahon Ergashev tomonidan tashkil etilgan «Shohjahon Promotions» kompaniyasi hamda "Sport" telekanali o'rtasida shartnoma imzolandi. Bu haqida sportchi Instagram sahifasi orqali xabar bermoqda. SHartnomaga ko'ra, promouterlik kompaniyasi tomonidan uyushtirilgan barcha jang oqshomlari ushbu telekanal orqali translyaciya qilinadi. SHuningdek, hamkorlik shartlariga ko'ra, Ergashev ishtirokidagi janglar ham "Sport TV" tomonidan efirga uzatiladi.
Malumot uchun, «Shohjahon Promotions» shu kunga qadar ikki bor boks kechasi tashkil etishga ulgurdi. Ularning birinchisi Toshkent, ikkinchisi Qo'qon shahrida bo'lib o'tdi.
UFC sobiq chempioni Xabib va Aleks Pereyraning faoliyati o'rtasidagi farq haqida gapirdi
Den Xuker: "Getji bilan jang bosh og'rig'i. Arman Carukyan bilan jang esa - chempionlik uchun yo'l"