SportUz.Net
iks
ads

Jahon chempionati. Kuba terma jamaosi tarkibi malum

20.10.2021 07:00    


Rasmni yuklab olish

Serbiya mezbonligida o'tadigan boks bo'yicha jahon chempionati startiga tobora oz fursat qolmoqda.

Kuba terma jamoasining asosiy tarkibi malum. Kubalik bokschilarning 4 nafarida koronavirus aniqlangani uchun ular to'liq tarkib bilan ishtirok eta olmaydi. Kuba terma jamoasi Belgradga 8 nafar bokschi bilan yo'l oladi.

Kuba terma jamoasi tarkibi:

-57 kg: Osvel Kabalero

-60 kg: Lazaro Alvares

-63.5 kg: Endi Kruz

-67 kg: Kevin Braun

-71 kg: Roniel Iglesias

-75 kg: Yonlis Felisiano Ernandes

-86 kg: Xerix Ruis

-92 kg: Xulio Sezar La Kruz

Billi Rodriges (-48 kg), Damien Arse (-51 kg), Yosbani Veytiya (-54 kg) va Denier Peroda (+92 kg) koronavirus aniqlangan va izolyaciyaga olingan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: