
"Bu yaxshi jang bo'ladi. Har bir jang men uchun xavfli ekanligini bilib oktagonga ko'tarilishim lozim. Siril - ancha kuchli raqib, biroq u Jon Jonsning darajasida emas. Ikki raqib ikki xil darajada. Gani yaxshi bilganim uchun menga bu bahs biroq noqulaylik tug'diradi",-dedi Frensis Ngannu.
Eslatib o'tamiz, Frensis Ngannu va Siril Gan o'rtasidagi jang 22 yanvar kuni UFC 270 kechasida bo'lib o'tadi.