
Oqshomdan o'rin olgan janglarning birida hamyurtimiz Jamshid Najmiddinov amerikalik Uill Maderaga qarshi ringga ko'tarildi. Jang kutilmaganda beshinchi raunddan so'ng to'xtatilib, g'alaba Maderaga taqdim etilgan edi. Biz Jamshidning akasi Elyor Najmiddinov bilan bog'lanib, aslida nima bo'lgani haqida malumot oldik.
"Jang paytida Jamshidning o'ng elkasi chiqib ketibdi. Unda kuchli og'riq paydo bo'lgan. SHifokorlar jarohatning jiddiyligi sabab jangni davom ettirishga ruxsat berishmabdi. Jang to'xtatilguniga qadar ukam ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozonayotgandi. Afsus, sportda shunday holatlar ham bo'lib turadi", - deydi katta Najmiddinov.




