SportUz.Net
iks
ads

Ali Abdel-Aziz: Kamaru Usman Jorj Sen-Perning darajasidan ham oldinga o'tib ketgan"

15.10.2021 13:20    


Rasmni yuklab olish

Taniqli menejer Ali Abdel-Aziz yarim o'rta vazn toifasidagi eng buyuk jangchi Kamaru Usman ekanligi haqida gapirdi.

"Usman - qirol, dunyodagi eng buyuk jangchi. Odamlar bu narsani tushunib borishmoqda. Albatta, ularning fikri bizga unchalik qiziq bo'lmasa ham. Hamma Kamaru Usmanni Xabib bilan bir darajadagi jangchi ekanligini tushunib olishi kerak.

Kamaru Usman Jorj Sen-Perning darajasidan ham oldinga o'tib ketgan deb hisoblayman. Jorj menga yoqadi, lekin Kamaru hech qachon yutqazmagan. U mag'lubiyatsiz rekord sohibi va 6 noyabr kuni uni yangilaydi. Jorj esa yutqazgan. 

Kamaru Usman - vazn toifalaridan qatiy nazar eng kuchli jangchi", -deydi Ali Abdel-Aziz.

Eslatib o'tamiz, Kamaru Usman 6 noyabr kuni Kolbu Kovingtonga qarshi jang o'tkazadi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: