SportUz.Net
iks
ads

WBA reytingi. O'zbek bokschlarining o'rni o'zgarishsiz qoldi

02.03.2021 17:20    


Rasmni yuklab olish

Butunjahon boks associaciyasi (WBA) bokschilarning yangilangan reytingini elon qildi.

Unga ko'ra, reytingdan olti nafar o'zbekistonlik bokschi o'rin olgan. Bu oy bokschilarimizning reytingdagi o'rni o'zgarishsiz qolgan:

Elon qilingan reytingda Murodjon Ahmadaliev ikkinchi engil vazn toifasida (-55,3 kg) chempion sifatida qayd etilgan. Ahmadaliev shuningdek IBF yo'nalishi chempioni ham hisoblanadi. 

Birinchi yarim o'rta vazn toifasida (-63,5 kg) janglarini olib borayotgan ikki bokschimiz - SHahram G'iyosov olti, SHohjahon Ergashev esa sakkizinchi pog'onani egallab turibdi. SHahram ayni paytda ushbu vaznda WBA International kamari sohibi hisoblanadi. 

Birinchi o'rta vazn (-69,85 kg) toifasida Isroil Madrimov esa birinchi o'rinda qayd etilgan.

Ikkinchi o'rta vazn toifasidagi bokschimiz Bektemir Meliqo'ziev (-76,2 kg) esa 15-o'rinni egallab turibdi. U ayni paytda WBA Continental Americas kamari sohibi bo'lib turibdi.  

Yarimog'ir vazn toifasida (-79,3 kg) Rustam To'laganov ham avvalgi oydagi kabi 14-o'rinda qayd etilgan. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: