SportUz.Net
photo photo

Agar u bo'lmaganida, men o'lardim. Tayson Fyuri rafiqasi bilan omadli edi: u uni o'z joniga qasd qilishdan qutqardi, endi ular 10 farzandning ota-onasi bo'lishni xohlaydilar

13.10.2021 15:00    


Rasmni yuklab olish

Uaylder bilan jangdan so'ng Fyuri g'alaba siri haqida gapirgan edi.

Aslida Taysonining muvaffaqiyatining hech qanday siri yo'q. SHunchaki, uning rafiqasi Peris bor!

CHempionning vafodor hamrohi.

Tayson Fyuri - o'tgan haftaning asosiy odami! U Deontey Uaylderni mag'lubiyatga uchratib, o'z vazn toifasidagi qirol maqomini mustahkamlab oldi. Butun faoliyati davrida - va xatto oldin ham, ayniqsa omadsizlikka uchragan chog'lari rafiqasi Peris uning yonida bo'lgan. Ularning hikoyasi Taysonga katta tasir ko'rsatgan maxsus syujetdir.

Tayson Fyuri va Peris o'smirlik chog'larida do'stlarining to'yida uchrashishgan. Qiz 15 yosh, bo'lajak boks yulduzi 18 yoshda edi. Bu bir qarashdagi sevgi emas edi, lekin bir yildan so'ng Peris Taysonni tug'ilgan kuniga taklif qildi. SHundan so'ng esa ular dam olish kunlarini birga o'tkaza boshladilar.

Fyuri kabi Peris ham irland ko'chmanchilarining qizi edi (odatda lo'lilar deb ataladi) va u 16 yoshga to'lganida ular uchrashishni boshladilar.

«U mening birinchi yigitim edi, chunki 16 yoshgacha hech kim bilan uchrasholmasdim. U men ko'rgan yagona erkak. Tayson butun hafta davomida boks zalida mashg'ulot o'tkazardi va dam olish kunlari biz uchrashardik. Men har doim uchrashuvimizdan xursand bo'lardim», - deb eslaydi qiz.

Peris 18 yoshga to'lganida, u va Tayson turmush qurishdi. To'ydan 13 yil o'tdi va hozir er-xotin olti farzandni tarbiyalamoqda. Kenja farzand shu yilning avgust oyida tug'ilgan va qizaloq o'lim bilan kurashayotgandi: chaqaloq - Afina reanimaciyaga yotqizilgan, Tayson Instagram foydalanuvchilaridan qizi uchun ibodat qilishni so'ragan edi.

Yaxshiyamki, hammasi yaxshilik bilan tugadi, lekin Peris juda havotirda edi va u hali ham yana farzand dunyoga keltirishni xohlaydimi, yo'qmi. U shu haqida o'ylardi (dastlab er-xotin 10 nafar farzandli bo'lishni rejalashtirgan).

«Afina hozir yaxshi, lekin bu yaxshigina stress edi. Men buni yana boshdan kechirishni xohlamayman. Ammo, men hali ham bolalarim ko'p bo'lishi mumkin deb o'ylayman».

Biroq, Fyurining oilasi fojia bilan birinchi marta to'qnash kelib turgani yo'q. 2014 yilda, Fyuri Vladimir Klichkoni mag'lub etib, jahon chempioni bo'lishidan bir yil oldin, Peris farzandini muddatidan oldin dunyo keltirgandi. O'sha paytning o'zida Taysonning amakisi kasalxonada vafot etgandi.

«Men bu haqda hech qachon gapirmaganman, lekin rafiqam Peris hali olti oylik chaqaloqni dunyoga keltirdi. U tug'ilganda men o'sha erda bo'lishim kerak edi. Biz shifoxonaning bir bo'limida edik, amakim Xyui esa boshqa bo'limida dunyoni tark etdi. Bu 2014 yilning oxiri edi va men bularni unutishga o'zimni majbur qildim. Buni miyamdan chiqarib tashlashim kerak edi», - dedi Tayson.

Er-xotin 2015 yildan 2018 yilgacha bo'lgan davrda yanada og'ir inqirozni boshdan kechirishdi. O'shanda Fyuri jahon chempioni bo'lgan va dahshatli tarzda tushkunlikka tushib qolgan - Tayson sportni tashlab, giyohvandlikka berilib, juda semirib ketgandi. Bu haqiqiy falokat edi, chunki bokschi bipolyar buzilishidan (ruhiy hastalik) aziyat chekadi va hatto o'z joniga qasd qilish haqida o'ylardi.

«Klichko bilan jangdan so'ng u deyarli tushkunlikka tushib qoldi. Ertasi kuni men nimadir noto'g'ri ekanligini tushundim. U hozirgidan boshqacha gapirdi, oddiy baxtli odamdek. Tayson boksga qaytmaydi shekilli deb o'ylardim, chunki u doimo takrorlardi: «Men hech qachon bundan ortiq yuqoriga ko'tarila olmayman».

U qattiq tushkunlikka tushdi va hayotning manosini ko'rmadi. Men Taysonga aytdim: «Sizda yashash uchun farzandlaringiz bor. Sizda biz bor, siz biz uchun yashashingiz kerak». Va u javob berdi: «Ammo men yashashni xohlamayman».

Men, uning otasi va akalari bir-birimizga qo'ng'iroq qilib: «Tayson bugun yaxshimi?» deb so'rardik. Biz doimo Tayson o'z joniga qasd qilishidan qo'rqib yashardik», - deb eslaydi Peris.

Vaziyat tobora yomonlashdi: Fyuri alkogol va giyohvand moddalarga qaram bo'lib qoldi, kechasi uyga kelmasdi, u qattiq tushkunlikka tushdi va aksariyat holatda ko'z yoshlari bilan qaytdi. Peris bunga chiday olmadi: u bolalarni olib, erini tashlab ketmoqchi edi, lekin u doim sabr qildi.

«Men har kuni ketishni xohlardim. Har kuni yig'lardim, azob chekardim va: «Bunga dosh berolmayman», deb o'yladim. Bir necha bor narsalarimni yig'ib, bolalarni mashinaga chiqardim.

Lekin men tushunib etdimki: «Biz sevganimizni tashlab ketamizmi? Biz ularga o'zini qutqarishiga yordam bermaymizmi? O'zini halok qilishiga ruxsat beramizmi?» Tayson meni va bolalarni hech qachon tashlab ketmagan va biz ham uni tark etmaganmiz. Biz birgamiz va buni bir jamoa bo'lib boshdan kechirdik», - deya tan oldi Peris.

Turmush o'rtog'i u bilan qoldi, Fyuri o'zini o'nglab oldi: bir kuni u Xellouin bayramidan uyga keldi va to'satdan unga ichkilikdan voz kechayotganini aytdi. Va shundan beri hamma narsa yuqoriga ko'tarildi - Tayson depressiyani engdi va yana baxtli bo'ldi.


SARVINOZ RAXMONQLUOVA tarjimasi



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: