SportUz.Net
iks
ads

Rob Font Petr Yanga qarshi chempionlik jangi uchun rad javobini bergan

09.10.2021 11:40    


Rasmni yuklab olish

UFC engil vazn toifasi reytingida uchinchi o'rinni egallab turgan Kori Sendxagen rossiyalik Petr Yanning raqibi Aljameyn Sterlingni almashtirish uchun yagona nomzod bo'lmagan.

"Bizga UFC`dan qo'ng'iroq qilishdi. Lekin o'shanda men kovid bilan kasallangan edim. Tabiiyki, o'sha holatda men mashg'ulotlarni boshlay olmasdim. CHempionlik uchun yaxshigina imkoniyat yuzaga kelgan jangdan voz kechish men uchun juda og'ir bo'lgandi. Ammo, hammasi yaxshikka. Bilishimcha, ular faqat men va Sendxagenga jang taklif qilishgan", - deydi UFC reytingida to'rtinchi pog'onadan joy olib turgan Rob Font Middle Easy nashriga bergan intervyusida. 

Eslatib o'tamiz, engil vaznda vaqtinchalik UFC kamari uchun jang 30 oktyabr kuni BAA poytaxti Abu-Dabi shahrida o'tkaziladigan UFC 267 turniri doirasida bo'lib o'tadi. Unda Petr Yan Kori Sendxagenga qarshi oktagonga ko'tariladi. Rob Font esa 4 dekabr kuni UFC on ESPN 31 turnirining markaziy jangida Joze Aldo bilan to'qnash keladi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: