
"Islam yirtqich. U yosh va g'alabaga juda chanqoq. Den Xuker hali faoliyatida Islam singari jiddiy raqib bilan to'qnash kelmagan. U ko'pincha "udarnik"lar bilan urishgan. Ammo, Islamning parterdagi total ustunligiga Xuker qanday dosh berishiga xayronman. Yagona chora - omadli bir zarba. 99% ehtimollik bilan Islam uni parchalab tashlaydi", - deydi Xabib Nurmagomedov.
Eslatib o'tamiz, Xabib Nurmagomedov va Den Xuker o'rtasidagi jang 30 oktyabr kuni o'tkaziladi.