
"Rafael Dos Anos o'yindan chiqganidan keyin tushundimki, bu jang uchun mendan boshqa variant yo'q. Toni Fergyuson o'sha-o'sha Toni Fergyuson. Dariush esa bu jangni qabul qiladigan darajadan ancha aqlliroq.
Ular menga qo'ng'iroq qilishdi va men bundan xursand bo'ldim. Ha, bu jang uchun ko'proq to'lashadi. Ammo, bu adolatli to'lov bo'ladi. Albatta, bu o'zim qilib yurgan ish", - dedi Den Xuker.
Eslatib o'tamiz, Islam Maxachev 30 oktyabr kuni Den Xuker bilan jang qiladi. Boshida Islamning raqibi Rafael Dos-Anos edi. Ammo, braziliyalik jangchi jarohat sabab jangdan echilgandi.