SportUz.Net
iks
ads

Usikning promouteri Joshuaga maslahat berdi

03.10.2021 14:20    


Rasmni yuklab olish

Aleksandr Krasyuk Entoni Joshuaning Usik bilan ikkinchi jangdagi imkoniyatlarini baholadi.

WBA, WBO va IBF kamarlari sohibi Aleksandr Usikning promouteri Aleksandr Krasyuk mijozi va Entoni Joshuaning ikkinchi jangi borasida fikr bildirdi.

"Agar men Joshuaning yonida bo'lganimda unga o'zining ustun jihatlariga urg'u berishni maslahat bergan bo'lardim - tanasining kattaligiga, kuch, og'irlik, qo'llar o'lchami va yana boshqa. Gap shundaki, siz 4-5 oy ichida boks tushishni o'rganib qolmaysiz. Ahir bunga yillar kerak bo'ladi. Joshua ajoyib pancher, unda haqiqiy jangchi yuragi bor.

Men Usikning g'alabasidan juda quvondim. Ammo, Joshuaning mag'lub bo'lganidan ham biroz ko'nglim hira bo'ldi. Sababi, men uni juda hurmat qilaman", - dedi Aleksandr Krasyuk.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: