SportUz.Net
iks
ads

Zarruh Adashevning UFCdagi faoliyati uzoq davom etadi. U yangi shartnomaga imzo chekdi

03.10.2021 08:00    


Rasmni yuklab olish

Hamyurtimizning navbatdagi jang sanasi va raqibi ma’lum.

UFC promoushenida bilan ikkinchi bo‘lib, o‘z jangini o‘tkazgan o‘zbekistonlik Zarruh Adashev yana ushbu promoushen bilan 4 ta jangga shartnoma tuzdi. 

Bu borada u o‘zining internetdagi ijtimoiy tarmoqlarida ma’lum qildi. Shuningdek, mazkur imkoniyatni taqdim etganlarga va menejer Ali Abdulazizga o‘z minnatdorchiligini izhor qilgan. 

Xabaringiz bor, ushbu yurtdoshimiz qisqa fursat ichida UFCda debyut jangini o‘tkazgan va Tayson Nemga imkoniyatni boy berib qo‘ygandi. Ikkinchi jangida ham undan omad yuz o‘girgan va Xitoy vakili Su Muderjidan ochkolar hisobida mag‘lub bo‘lgan va nihoyat to‘liq mashg‘ulot lageriga ega bo‘lgan hamyurtimiz UFCdagi uchinchi jangida Rayan Benua ustidan zafar quchdi. 

Adashevning ushbu nufuzli promoushendagi 4-jangining sanasi va raqibi ham ma’lum bo‘lib ulgurgan. U 2022 yil 15 yanvar kuni braziliyalik Kleyson Rodrigesga qarshi oktagonga ko‘tariladi.

Ma’lumot uchun, Zarruh Adashev jahonning ikki nufuzli "Bellftor" hamda UFCda jang o‘tkazgan birinchi o‘zbekistonlik jangchi hisoblanadi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: