SportUz.Net
iks
ads

“Toshkent yo'lbarsi” Rufat Risqiev 72 yoshda!

02.10.2021 12:20    


Rasmni yuklab olish

O'zbek va jahon boksining afsonalaridan biri, “Toshkent yo'lbarsi” nomi bilan dong taratgan Rufat Risqiev bugun 72 yoshga to'ldi.

Rufat Asadovich Risqiev 1949 yil 2 oktyabr kuni Toshkent viloyatining Oqqo'rg'on shahrida tavallud topgan. 1974 yilgi jahon chempionatida zafar quchib, dunyo birinchiligida g'alaba qozongan ilk o'zbek bokschisi bo'lib tarixda qoldi. SHuningdek, Rufat Asadovich 1976 yilgi Olimpiya o'yinlari finalchisi ham ekani yaxshi malum. 2019 yildan etiboran boks bo'yicha O'zbekiston chempionatining eng yaxshi ishtirokchisiga Rufat Risqiev sovrinini topshirish joriy etildi.

Rufat Asadovich o'zbek boksiga tamal toshini qo'ygan insonlardan biri hisoblanadi. Bokschilarimizning hozirgi muvaffaqiyatlarida ham ushbu mutaxassisning xizmati beqiyosdir. Rufat Risqievning ko'p yillik mehnatlari davlatimiz tomonidan munosib taqdirlangan bo'lib, o'tgan yil yili Prezidentimiz tomonidan taqdim etilgan “Do'stlik” ordeni u kishining shaxsiy mukofot va sovrinlar kollekciyasini yana bittaga boyitdi.

Fursatdan foydalanib, Rufat Risqievni bugungi tavallud ayyomi bilan tabriklab, u kishiga uzoq umr va sihat-salomatlik tilaymiz.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: