SportUz.Net
iks
ads

Islom Maxachevning yangi raqibi ma’lum

01.10.2021 07:43    


Rasmni yuklab olish

U “UFC 267” turnirida jang qiladi.

UFCning engil vazn toifasidagi rossiyalik vakili Islom Maxachevning yangi raqibi ma’lum bo‘ldi.

Jarohat tufayli “UFC 267” turnirida ishtirok eta olmaydigan Rafael Dos Anos o‘rnini Den Xuker egallaydi.

Maxachev va Xuker o‘rtasidagi jang 30 oktyabr kuni Abu -Dabida bo‘lib o‘tadi. “UFC 267” oqshomining asosiy janglarida Yan Blaxovich - Glover Teysheyra hamda Piter Yan va Kori Sandxagen to‘qnash keladi.

Ma’lumot uchun, Xuker 25 sentyabr kuni Nasrat Hakparastni mag‘lub etgan bo‘lsa, Maxachev iyul oyida Tyago Moyzes ustidan zafar quchgandi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: