SportUz.Net
iks
ads

"AQSHda Joshua va Usik jangini birorta ham odam tomosha qilmadi". Oskar de la Xoyya Eddi Xirn haqida juda salbiy fikrlar bildirdi

30.09.2021 10:20    


Rasmni yuklab olish

O'tmishdagi taniqli bokschi va hozirda promouterlik faoliyatini olib borayotgan Oskar de la Xoyya Entoni Joshua va Aleksandr Usik o'rtasidagi jangi haqida qiziq bir fikrni bildirdi.

"Men sizlarga birgina narsani aytaman: AQSHda Joshua va Usik jangini birorta ham odam tomosha qilmadi. Bu qanday promouter bo'ldiki, AQSHda ishlashni bilmasa, uning ismi Xirns edimi? Yigitcha, Buyuk Britaniyada qol va o'sha erda janglaringni tashkil qilaaver. Sen AQSHda nima qilish kerakligini umuman tushunmaysan. 

Ha, uning ismi Eddi Xirnmidi? Bu yigitni AQSHdan uzoqroqda saqlash kerak. Xirn janglarni qanday tashkil qilishni va ularni sotishni bilmaydi. U buni isbotladi. Usik o'ziga toj kiydirdi, Eddi Xirn esa Joshuaning faoliyatini buzib yubordi", - dedi Oskar de la Xoyya.

Eslatib o'tamiz, Aleksandr Usik bir necha kun oldin Entoni Joshuani ochkolar hisobiga mag'lub qilib, superog'ir vaznda yangi chempionga aylangandi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: