
Sterling bo'ynidan operaciya qilinganidan so'ng, to'liq tiklanishi lozimligini anglab etgani sabab Petr Yan bilan jangni keyinroqqa ko'chirgandi.
"Hamma Aljameyn Sterlingni tanqid qilmoqda. Ammo, men nega ular bunday deyayotganlarini tushunmayapman. Men ham bo'ynimdan operaciya bo'lganman. Tiklanib olish uchun kamida 9-12 oy vaqt kerak. Aljameyn, agar sen shoshilsang, bir umrga falaj bo'lib qolasan", - deb yozadi Ali Abdel-Aziz.
Eslatib o'tamiz, Aljameyn Sterlingning jang qila olmasligi oydinlashgach, UFC`ning ushbu vaznda vaqtinchalik kamar uchun jang o'tkazishi malum bo'lgandi.
