SportUz.Net
iks
ads

Hibsga olingan Jon Jons holatga izoh berdi

29.09.2021 14:20    


Rasmni yuklab olish

Yarim og'ir vazn toifasida sobiq UFC chempioni Jon Jons o'tgan hafta Las-Vegas policiyasi tomonidan hibsga olingan edi.

Bu voqea Jonsning UFC shon-sharaf Zaliga qabul qilinganidan bir necha soat o'tib sodir bo'lgandi. Policiya mahkamasida "mehmon" bo'lgan Jons o'sha voqeylik yuzasidan ilk bor bayonot berdi.  

"Mening jarohatlarim juda ham ko'p. Ichkilikdan tiyilishimni miyam boshqarishi kerak. Lekin ko'p holatlarda buning uddasidan chiqa olmayapti. Ammo ichkilikni bir umrga tashlashim kerak. SHunga harakat qilyapman. Hayotimni yaxshi tomonga o'zgartiraman. Hozir har qachongidan ham ko'proq ishlashim uchun ayni fursat. Men yana avvalgi holatimga qaytaman", - dedi Jons.

Policiya bergan malumotda Jon Jons mehmonxonada o'z farzandlari ko'z o'ngida rafiqasini do'pposlagan. Keyin esa ichkilik tasirida policiya mashinasiga zarar etkazgan. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: