SportUz.Net
iks
ads

Vazndan qatiy nazar UFC`ning eng kuchli jangchilari reytingida peshqadam o'zgardi + Jadval

28.09.2021 12:00    


Rasmni yuklab olish

UFC promousheni tomonidan vazn toifasidan qatiy nazar dunyoning eng kuchli jangchilari reytingi elon qilindi.

Yangilangan reytingda peshqadam o'zgarganini ko'rish mumkin. Yarim o'rta vaznda UFC chempioni Kamaru Usman P4P reytingi karvonboshisiga aylandi. Bunga og'ir vaznda sobiq chempion Jon Jonsning yana bir bor policiya tomonidan hibsga olingani sabab bo'lgan. 

P4P reytingida yana bir ahamiyatga molik o'zgarish bo'ldi. Yarim engil vaznda amaldagi UFC chempioni Aleksandr Volkanovski to'rtinchi pog'onadan uchinchi o'ringa ko'tarilib oldi. Avstraliyalik chempion yakshanba tongida Brayan Ortegani mag'lubiyatga uchratgan holda kamarini himoya qilgandi. Yana bir chempion Israel Adesanya esa aksincha, uchinchi o'rindan to'rtinchi pog'onaga pastladi.

Eslatib o'tamiz, Kamaru Usman navbatdagi chempionlik himoya jangini 6 noyabr kuni Nyu-Yorkda o'tkazadi. Nigeriyalik jangchining UFC 268 turniridagi raqibi Kolbi Kovington bo'ladi. Usman Kovingtonga revansh olish imkoniyatini taqdim etmoqda. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: