SportUz.Net
iks
ads

CHempion Usik Ilon Maskka sovg'a berdi

27.09.2021 09:40    


Rasmni yuklab olish

Superog'ir vazn toifasida yangi jahon chempioni Aleksandr Usik milliarder Ilon Maskka sovg'a jo'natdi.

Ukrainalik bokschi Entoni Joshuaga qarshi kechgan jangdan keyin o'zining NFT-token hamda ringga chiqib keladigan JAXET kostyumini Ilon Maskka sovg'a qilgan. 

"Qo'llab-quvvatlab turganinglar uchun rahmat! Ilon Maskka hurmatimni izhor qilib, rahmat aytish uchun ajoyib oqshom. Men unga shaxsiy NFT tokenim va maxsus tayyorlangan JAXET kostyumimni sovg'a qilaman. Ilon, seni chempion chorlamoqda", – deya "Tvitter" sahifasida xabar qoldirgan Usik.

Etiborlisi, Joshua kechagi jangda Usikka qaraganda ko'proq zarba yo'llagan - 641-529! Lekin aniq zarbalar soni ukrainalikda ko'proq bo'ldi - 148-123! 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: