
Ushbu kard prelim janglaridan o'rin olgan Den Xuker va Nasrat Xaqparast o'rtasidagi qarama-qarshilik to'liq davom etdi. Unda Den Xuker hakamlarning yakdil qarori evaziga g'alaba qozondi va qayd etib kelayotgan mag'lubiyatlar seriyasiga barham berdi. Eslatib o'tamiz, Xuker bunga qadar Maykl CHendler va Dastin Poredan mag'lubiyatga uchrab nohush seriya qayd etayotgandi.




