
Butunjahon boks ittifoqi (WBC) engil vazn toifasida WBC vaqtinchalik chempioni Jozef Dias 32-1-1, 15 KO) hamda Rayan Garsiya (21-0, 18 KO) o'rtasidagi jangni o'tkazishga rasman ruxsat berdi. Jang shu yilning noyabr oyida o'tkazilishi rejalashtirilmoqda.
Eslatib o'tamiz, Rayan Garsiya iyul oyida Xaver Fortunaga qarshi jang qilishi kerak edi, ammo sog'lig'idagi muammolar sabab ushbu jangdan olingandi. Rayan Garsiyaning o'rniga jang qilgan Jozef Dias esa Fortunani mag'lub etib, WBC vaqtinchalik kamariga ega chiqqandi.

43 yildan beri bir oila boshqarib kelayotgan WBA prezidentligi uchun saylov o'tkazildi