SportUz.Net
iks
ads

Zarruh Adashev AQSHga jo'nab ketdi, uni ota-onasi kuzatib qo'yishdi + FOTO

22.09.2021 08:20    


Rasmni yuklab olish

UFC promoushenida faoliyatini davom ettirayotgan jangchimiz Zarruh Adashev yuzaga kelgan tatilni O'zbekistonda o'tkazayotgan edi.

Bugun tunda hamyurtimiz yana Nyu-Yorkka qaytib ketdi. Uni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida ota-onasi oq fotiha berib, okean ortiga kuzatib qo'yishdi. 

Eslatib o'tamiz, Zarruh Adashev 1 avgust tongida AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida o'tkazilgan UFC Vegas 32 turniri doirasida o'zining eng nufuzli promoushendagi uchinchi jangini o'tkazgan edi. 

Rayan Benuaga qarshi kechgan jang to'liq uch raund davom etgan va unda hamyurtimiz raqibini hakamlarning yakdil qarori bilan mag'lub etishni uddalagandi. Bu Zarruhning UFC'dagi ilk g'alabasi bo'lgandi. Bunga qadar u ikkita jangda ishtirok etib, har ikkisida ham mag'lub bo'lgan edi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: