SportUz.Net
iks
ads

Azamat Nuftillaev "Alash Prayd" promoushenining chempionlik kamari uchun jang qiladi

21.09.2021 23:43    


Rasmni yuklab olish

Raqib ham aniq.

8 oktyabr kuni Qozog‘istonning mashhur promoushenlaridan biri "Alash Prayd" navbatdagi turnirini o‘tkazadi. Biz uchun ahamiyatli jihati ushbu jang oqshomida og‘ir vazn toifasidagi "Ajdar" nomi bilan mashhur hamyurtimiz Azamat Nuftillaev ham oktagonga ko‘tariladi.

U mazkur promoushenning chempionlik kamari uchun ukrainalik Evgeniy Golubga qarshi jang qiladi. Hamyurtimiz hozirga qadar 8 ta jang o‘tkazib, barchasida g‘alaba qozongan. E’tiborli jihati, 7 ta jangida raqiblarini 1-raundning o‘zidayoq taslim qilishga erishgan. 

Yurtdoshimiz so‘ngi jangini joriy yilning 18 avgust kuni "Alash Prayd 67" turnirida o‘tkazib, qirg‘izistonlik Mederbek Nurmamatni 1-raundning dastlabki daqiqasidayoq texnik nokautga uchratgan edi. Ukrainalik jangchi esa faoliyatida 14 ta g‘alaba va 7 ta mag‘lubiyat qayd etgan.

Shu o‘rinda hamyurtimizga ushbu muhim jangda omad yor bo‘lishini tilab qolamiz!



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: