
Oqshomning markaziy jangi ikkinchi o'rta vaznda WBA Super va WBC yo'nalishlari chempioni, meksikalik afsona Saul "Kanelo" Alvares hamda turkiyalik davogar Avni Yildirim o'rtasida bo'lib o'tdi. O'n ikki raundga mo'ljallagan bahsning uchinchi raundida turkiyalik bokschining murabbiylari jangni davom ettirishdan bosh tortishdi.
SHu tariqa, boks afsonasi navbatdagi yorqin g'alabasini qo'lga kiritdi.
Malumot uchun, Saul Alvaresning keyingi jangi ham deyarli aniq bo'lib ulgurgan. U may oyida WBO chempioni Billi Jo Sondersga qarshi ringga ko'tariladi.


