SportUz.Net
iks
ads

Harbiy bokschilar o'rtasidagi JCH: o'zbek bokschilari bugun qanday natijalar ko'rsatishdi?

20.09.2021 20:40    


Rasmni yuklab olish

Moskva shahrida harbiy bokschilar o'rtasida jahon chempionati o'tkazilmoqda.

Bugun musobaqa doirasida ikkinchi kun janglari bo'lib o'tdi. Unda 7 nafar o'zbek bokschisi ringga ko'tarildi. Ularning 4 nafari g'alabaga erishgan bo'lsa, 3 nafar hamyurtimiz imkoniyatni boy berib qo'ydi. 

-57 kg vaznli Sitora Turdibekova rossiyalik raqibasiga qarshi jang qildi va imkoniyatni boy berib qo'ydi

-60 kg vaznli hamyurtimiz Rayhona Qodirova musobaqadagi ikkinchi jangini zimbabvelik bokschiga qarshi o'tkazdi va g'alabaga erishdi.

-60 kg vazn toifasida erkaklar o'rtasida SHunqor Abdurasulov musobaqadagi ilk jangini keniyalik raqibiga qarshi o'tkazdi va g'alaba qozondi.

-64 kg vaznli bokschimiz Mujibillo Tursunov JCHdagi ikkinchi jangini irlandiyalik raqibga qarshi olib bordi va g'alaba qozondi.

-49 kg vaznli Abdumajid Mannopov venesuelalik raqibga qarshi jang qilishi lozim edi. Ammo raqib bokschi ringga chiqmadi va hamyurtimiz avtomatik ravishda keyingi bosqichga yo'l oldi.

-75 kg bokschimiz Nurislom Ismoilov ilk bosqichda franciyalik bokschiga qarshi ringga ko'tarildi va imkoniyatni boy berib qo'ydi. 

-52 kg vazn toifasida Foziljon Abdumurodov birinchi bosqichda mezbon sportchiga qarshi bahs olib bordi va keskin kechgan jangda hakamlar rossiyalik bokschining g'alabasini qayd etishdi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: