SportUz.Net
iks
ads

Boks. Harbiylar o'rtasidagi JCHda uchta g'alaba, bir bokschimiz esa...

19.09.2021 21:00    


Rasmni yuklab olish

Moskva shahrida harbiy bokschilar o'rtasida jahon chempionati boshlandi.

Avvalroq, bugun musobaqa doirasida to'rt nafar bokschimiz ringga ko'tarilishi haqida xabar qilgandik. 

-51 kg vaznli bokschi qizimiz Aziza Yoqubova musobaqadagi ilk jangini nepallik raqibasiga qarshi o'tkazdi va g'alaba qozondi.

-60 kg vaznli bokschimiz Rayhona Qodirova chempionatdagi birinchi jangini mo'g'ulistonlik raqibasiga qarshi o'tkazib, g'alaba qozondi va keyingi bosqchiga yo'l oldi.

Erkaklar o'rtasida esa -64 kg vaznli Mujibillo Tursunov jahon chempionatdagi ilk jangini eronlik raqibga qarshi o'tkazdi va g'alabaga erishdi.

-69 kg vaznda yurtimiz sharafini Bilolbek Mirzarahimov himoya qilishi lozim edi. Afsuski, sog'lig'i bilan bog'liq muammolar sabab Bilolbek ringga ko'tarila olmadi. 




Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: