
"UFC Vegas 37" turniri ham o‘z yakuniga etdi. Markaziy jangda oktagonga ko‘tarilgan yarimog‘ir vazn toifasi vakillari Entoni Smit hamda Rayan Seppi o‘rtasidagi jang muddatidan avval yakunlandi. Ya’ni, 1-raundning o‘zidayoq Smit bo‘g‘ish uslubi evaziga Seppini taslim etdi.
Shuningdek, ko‘plab kutilgan va kutilmgan natijlar qayd etildi. Quyida barcha natijalar bilan tanishishingiz mumkin!
Yarim og‘ir vazn toifasi
Ion Kutselaba (Moldova) - Devin Klark (AQSh) - ochkolar hisobida Kutselaba g‘alaba qozondi.
Super engil vazn (Ayollar)
Ariani Lipski (Braziliya) - Mendi Bom (Germaniya) - Lipski ochkolar hisobida zafar quchdi.
Engil vazn toifasi
Arman Tsarukyan (Armaniston) - Kristos Giagos (AQSh) - Tsarukyan birinchi raundda raqibini texnik nokautga uchratdi.
O‘ta engil vazn toifasi
Neyt Maness (AQSh) - Toni Greyveli (AQSh) - Mannes ikkinchi raundda texnik nokaut bilan g‘alaba qozondi.
O‘rta vazn toifasi
Xoakin Bakli (AQSh) - Antonio Arroyo (Braziliya) - Bakli 3-raundda texnik nokaut bilan zafar quchdi.
Yarim og‘ir vazn
Mayk Rodriges (AQSh) - Tafon Nchukvu (Kamerun) - Nchukvu ochkolar hisobida g‘alaba qozondi.
O‘ta engil vazn (Ayollar)
Penni Kianzad (AQSh) - Rakel Pennington (AQSh) - Pennington ochkolar hisobidan g‘alabaga erishdi.
Engil vazn toifasi
Rong Ju (Xitoy) - Brendon Djenkins (AQSh) - Ju 3 -raundda texnik nokaut bilan g‘alaba qozondi.
O‘ta engil vazn toifasi
Montel Jekson (AQSh) - DjeyPi Bays (JAR) - Jekson ochkolar hisobida zafar quchdi.
Super engil vazn (Ayollar)
Erin Blanchfild (AQSh) - Sara Elpar (AQSh) - Blanchfild ochkolarga ko‘ra, g‘olib chiqdi.
Yarim o‘rta vazn toifasi
Impa Kasanganay (AQSh) - Karlston Xarris (AQSh) - Xarris raqibini 1-raundda texnik nokautga uchratdi.
O‘ta engil vazn toifasi
Gustavo Lopes (AQSh) - Xeili Alateng (Xitoy) - ushbu qarama-qarshilikda durang qayd etildi.
Super engil vazn (Ayollar)
Emili Uitmayr (AQSh) - Xanna Goldi (AQSh) - Goldi 1-raundda bo‘g‘ish uslubi bilan zafar quchdi.