SportUz.Net
photo photo

Moreno va Figeredo UFC 269 turnirida uchinchi jangini o'tkazishadi

16.09.2021 21:40    


Rasmni yuklab olish

Engil vazn toifasida amaldagi UFC chempioni, meksikalik Brendon Moreno uchinchi jangini kamarga davogar Deyvison Figeredo bilan o'tkazadi.

Jang dekabr oyida UFC 269 turnirida bo'lib o'tadi. Bu haqda MMA Fighting nashri xabar bermoqda.

Eslatib o'tamiz, jangchilar o'rtasidagi birinchi jang 2020 yil 12 dekabrda Las-Vegasdagi UFC 256 turnirida bo'lib o'tgan. Ularning hech biri jangda sezilarli ustunlikka ega bo'lmagan. Besh raund natijalariga ko'ra, hakamlarning qarori bilan durang natija qayd etilgan edi. 2021 yil iyun oyida bo'lib o'tgan UFC 263 musobaqasida esa Moreno Figeredoni uchinchi raundda mag'lubiyatga uchratdi.

Moreno aralash yakkakurashlarda 19 g'alaba, 5 mag'lubiyat va 2 durangga ega. Figeredoning hisobida 20 g'alaba, 2 mag'lubiyat va bitta durang bor.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: