SportUz.Net
iks
ads

Jeyk Pol Vitor Belfortning vyzoviga javob berdi

14.09.2021 14:00    


Rasmni yuklab olish

Jeyk Pol Triller promouterlik kompaniyasi rahbariyatining unga UFC sobiq chempioni Vitor Belfort bilan 30 million dollarlik jang o'tkazishga tayyor ekanligi haqidagi bayonotiga izoh berdi.

«Rostini aytsam, bunday bo'ladi deb o'ylamagan edim. Bu kutilmagan holat edi, chunki rostini aytsam, ularda bunday pul yo'qligini hammamiz bilamiz.

Bu ularning aqlli harakati edi, chunki ular shov-shuv ko'tarishdi, endi biz ular va Vitor haqida gaplashyapmiz - bu biznes, hamma narsa to'g'ri. Lekin bilamizki, ularda bu pul yo'q, shuning uchun ularning so'zlari g'alati tuyuladi. Agar ular bu mablag'ga ega ekanliklarini isbotlasalar, pulni bankdagi hisob raqamiga joylashtirsalar, bu butunlay boshqacha voqeylik bo'ladi, lekin biz ular bilan ishlaganmiz va ular bunday pulga ega emasligini bilamiz».

Bundan tashqari, Pol o'tgan hafta dam olish kunlari afsonaviy Evander Xolifildga qarshi kechgan jangda g'alaba qozongan Vitor Belfort uning orzusidagi raqibi emasligini aniq aytdi.

«Vitor unchalik katta nomga ega emas. Bu hatto Tayron Vudlinikiga o'xshamaydi. Va men jangdan jangga qadar o'sishga harakat qilaman, o'zim uchun yuklamalarni oshirishim kerak. Menimcha, Vitor men uchun Tayrondan ko'ra osonroq raqib. Uning yoshi katta, shuning uchun men bu jangni xohlamayman, lekin meni pul jalb qila oladi. Agar ular pulni bank hisob raqamiga qo'yishsa va ularning borligini isbotlashsa, ehtimol biz muzokaralarni boshlaymiz», - dedi Jeyk Pol.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: