SportUz.Net
iks
ads

Aka-uka Ro'ziboevlar g'alaba qozongan oqshomning markaziy jangida qanday natija qayd etildi?

13.09.2021 09:40    


Rasmni yuklab olish

Xabar berganimizdek, kecha oqshom Moskva shahrida aralash yakkakurash qoidalari asosidagi Open FC 10 turniri bo'lib o'tdi.

Oqshomning markaziy jangida rossiyalik Eduard Vartanyan braziliyalik Raymundo Batistaga qarshi oktagonga ko'tarildi va raqibini texnik g'alaba evaziga muddatidan avval mag'lub etdi. Aniqrog'i, braziliyalik sportchining murabbiylari ikkinchi raundga shogirdlarini chiqarmaslikni afzal bilishdi. 

Eslatib o'tamiz, Moskvadagi turnirning asosiy kardida taniqli MMA jangchimiz Nursulton Ro'ziboev braziliyalik Aleks De Pauluni birinchi raundning o'zida texnik nokautga uchratib, ushbu promoushen chempionlik kamarini qo'lga kiritgandi. Nursultonning ukasi Mashrabjon Ro'ziboev esa Aleksandr Jarkinni birinchi raundda texnik nokaut hisobiga taslim etgan bo'lsa, yana bir hamyurtimiz Rahmatullo Sattorov uchinchi raundda texnik nokaut bilan Ilya Bochkovga yutqazib qo'ygan edi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: