SportUz.Net
iks
ads

Nursulton Ro'ziboev Moskvada navbatdagi jangini o'tkazdi

12.09.2021 23:40    


Rasmni yuklab olish

Rossiya poytaxti Moskva shahrida MMA bo'yicha Open FC 10 turniri tashkil etildi.

Unda o'zbekistonlik MMAchi Nursulton Ro'ziboev ham oktagonga ko'tarildi. 

Ushbu jangda hamyurtimizga braziliyalik Aleks De Paula raqiblik qildi. Uch raundga mo'ljallangan jang birinchi raunddayoq yakunlandi. Hamyurtimiz birinchi raundda ketma-ket zarbalar evaziga hujumga o'tdi. Raqib esa ushbu vaziyatda himoyalana olmadi. SHundan so'ng hakam jangni to'xtatdi. 

SHu tariqa, Nursulton birinchi raundda g'alabaga erishdi. 

Mazkur g'alaba orqali Nursulton Open FC promoushenining o'rta vazndagi chempionlik kamariga ega chiqdi. 

Avvalroq ushbu turnir doirasida Mashrabjon Ro'ziboev g'alabaga erishgani, Rahmatilla Sattarov esa mag'lubiyatga uchragani haqida xabar qilgandik.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: