
Taniqli MMA jangchimiz Shohasan Mirzamatov 17 sentyabr kuni Qozog‘istonning Almati shahrida tashkil qilinuvchi "Oktagon" promoushenining navbatdagi turnirida ham jang o‘tkazadigan bo‘ldi.
Ukrainalik jangchi Maksim Soroka hamyurtimizni jangga chorlagan va unga Mirzamatov o‘ziga xos tarzda javob berib, uni maqsadi "Oktagon" promousheni chempioni bilan jang qilishi va uni raqib sifatida ko‘rmayotganligini bildirgandi.
Biroq, baribir bu jang tashkil qilinadigan bo‘ldi. Sababi "Oktagon" promoushenining yarim o‘rta vazn (77.1) chempioni qozog‘istonlik Baurjan Kuanishbaevni (11-3) boshqa rejalari borligi sabab, yurtdoshimiz Soroka bilan jang o‘tkazishga qaror qildi. Shu tariqa Shohasan Mirzamatov-Maksim Soroka qarama-qarshiligi 17 sentyabr kuni o‘tkaziladigan bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, Maksim Soroka yana bir MMA vakilimiz Nursulton Ro‘ziboevga qarshi Andijonda tashkil qilingan MMA oqshomida jang qilgan va bahsning dastlabki soniyalaridayoq hamyurtimiz uni "kimura" uslubi bilan mag‘lub qilgandi.
