SportUz.Net
iks
ads

Jeyk Pol Tayron Vudli bilan revansh jangini bekor qildi, uning keyingi raqibi Fyuri bo'ladi

11.09.2021 08:20    


Rasmni yuklab olish

Jeyk Pol Tayron Vudliga revansh bermaydi, chunki sobiq UFC chempioni kelishuvni buzdi va mag'lubiyatdan keyin Men Jeyk Polni yaxshi ko'raman tatuirovkasini yozdirmadi.

«Tatuirovka qaerda? Qanday qilib u «Revash shartnomasini imzolang, keyin men tatuirovka olaman», deb aytishi mumkin, agar tatuirovka bu jang oldidan kelishilgan bo'lsa?» - dedi Pol Full Send podkastining keyingi qismida. «Biz yutqazgan odamga tatuirovka qildirishiga kelishib oldik. Endi u buni o'zgartirib, revansh olish sharti qilmoqchi. U bilan yana jang qilishdan foyda yo'q. Agar u hozirda tatuirovka qilib, uni internetga joylashtirsa va video internetda tarqalsa, men revansh berish haqida o'ylardim, lekin hammasini buzib tashladi». 


Bloggerning so'zlariga ko'ra, uning keyingi raqibi katta ehtimol bilan WBC yo'nalishi chempioni Tayson Fyurining ukasi Tommi Fyuri bo'ladi.

«O'ylaymanki, Tommi Fyuri potencial davogarlar ro'yxatining birinchi o'rinida turadi. U mag'lubiyatsiz. U Tayson Fyurining ukasi va haqiqiy bokschi. Uning Instagramda to'rt million kuzatuvchisi bor - Tommi mashhur va muxlislari ko'p. Menga hech qanday imkoniyat bermaydigan janglarni qabul qilishni yoqtiraman va odamlar men haqimda xato o'ylaganligini isbotlayman», - dedi Pol.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: