SportUz.Net
iks
ads

Donald Tramp: "Men bir necha soniyalarda Jo Baydenni nokautga uchratardim"

10.09.2021 18:20    


Rasmni yuklab olish

AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp, agar boks bo'yicha jang o'tkazsa, hozirgi davlat rahbari Jo Baydenni bir necha soniya ichida nokautga uchratishini aytdi.

Hozirda Tramp 75 yoshda, Bayden esa 78 yoshda.

"Xo'sh, agar men kimnidir tanlashim kerak bo'lsa, u professional bokschi bo'lishi shart emas... Agar kimdir bilan boks tushishim kerak bo'lsa, eng oson jang, ehtimol, Bayden bilan bo'ladi. Menimcha, u juda tez mag'lub bo'lardi.

U katta muammoga duchor bo'lardi. Menimcha, uni bir necha soniyalarda nokautga uchratardim", - deya Trampning so'zlarini keltiradi Insider.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: