
Promouterning ishonch bilan aytishicha, Joshua ukrainalik bokschini nokautga uchratadi.
«Rostini aytsam, Joshua Usikni yo'q qilishiga ishonaman. Ha, menimcha, u buni amalga oshiradi. Bu mening taxminim, lekin yana aytamanki, jang qancha uzoq davom etsa, Usik uchun shuncha foydali bo'ladi. Joshua Usikni o'z ritmiga kirishiga yo'l qo'ymasligi kerak. Ammo aminmanki, Entoni nokaut bilan g'alaba qozonadi ”, - dedi Sem Jons Behind The Gloves'ga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, Usik - Joshua jangi 25 sentyabr kuni Londondagi (Buyuk Britaniya) "Tottenhem Hotspur" stadionida bo'lib o'tadi.