SportUz.Net
iks
ads

"Vada beraman, Joshua tarixdagi eng zo'r superog'ir vaznli bokschi bo'ladi" - Eddi Xirn

07.09.2021 15:40    


Rasmni yuklab olish

Promouter Eddi Xirn Entoni Joshuaning imkoniyatlarini yuqori baholadi.

"Ishonchim komilki, EyJey agar Tayson Fyurini mag'lub eta olsa tarixdagi eng zo'ri bo'ladi. 

Entoniga etarlicha baho berilmagan. Agar uning faoliyatini kuzatsangiz, uning Dillian Uayt, CHarlz Martin, Klichko, Takam, Povetkin, Parker, Ruis, Pulev kabi bokschilar ustidan g'alaba qozonganini ko'rasiz. 

Joshua jangdan-jangga kuchayib bormoqda. Vada beraman, u barcha davrlarning eng yaxshi superog'ir vaznli bokschisi bo'ladi. Men vada beraman. 

Entoni to'g'ri hayot kechiradi, u ham inson, ham jangchi sifatida shakllanishni istaydi va siz buni hurmat qilishingiz lozim", - dedi Xirn. 

Eslatib o'tamiz, Joshua 25 sentyabr kuni Aleksandr Usikka qarshi jang o'tkazadi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: