SportUz.Net
iks
ads

Lopes Lomachenkoning revansh bo'yicha so'roviga so'nggi nuqtani qo'ydi

06.09.2021 10:00    


Rasmni yuklab olish

Engil vazn toifasida mutlaq jahon chempioni Teofimo Lopes ukrainalik bokschi Vasiliy Lomachenko bilan revansh o'tkazish istagida emasligini malum qildi.

"Lomachenko ustidan g'alaba qozonganimdan so'ng o'zimni qiroldek his qilayapmanmi? Albatta. Buni Lomachenkoning o'zi ham aytdi. U men bilan jang qilib o'z nomini oqlab olmoqchi. Hamma bu revanshni bo'ladi deb o'ylayotgani juda g'alati. 

Ammo, men endi oldinga qadam tashlamoqchiman. Jiddiyroq janglar, masalan Josh Teylor yoki boshqa bokschi bilan jang qilaman. Lomachenko bilan revansh bo'lmaydi. Agar men mag'lub bo'lganimda, u menga hech qachon revansh bermagan bo'lardi. Nima uchun men unga bu imkoniyatni berishim kerak? Men bunday qilmayman", - deydi Lopes.

Eslatib o'tamiz, Teofimo Lopes ochkolar hisobiga ko'ra Vasiliy Lomachenkoni mag'lubiyatga uchratib, ukrainalikning kamarlarini tortib olgandi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: